Oʻzbekistonning Luvr koʻrgazmasiga bagʻishlangan ilmiy katalogi chop etildi
Foto: Халқ сўзи
Luvr muzeyidagi keng miqyosli “Oʻzbekiston vohalarining moʻjizalari. Karvon yoʻllari chorrahasida” nomli koʻrgazma doirasida «El Viso Ediciones» nashriyot uyi bilan hamkorlikda Rokko Rante va Yannik Lintz umumiy muharrirligi hamda Monik Burezi koʻmagida suratlarga boy fransuz va oʻzbek tillarida katalog chop etildi.
Katalogga 37 nafar taniqli mahalliy va xorijiy olimlarning qadimiy madaniy arxeologik yodgorliklar, madaniy qadriyatlar hamda miloddan avvalgi III asrdan tortib to Temuriylar davrigacha boʻlgan tarixga taalluqli 60 dan ortiq ilmiy maqolalari kiritildi. Tadqiqot maqolalarida zamonaviy Oʻzbekiston hududida mavjud boʻlgan tamaddunlar hayotida tijoriy va madaniy almashinuvlarning ahamiyati va tutgan oʻrniga oid tafsilotlar ochib berilgan.
Oʻzbek tilidagi matnlar ustida mamlakatimizning fan, madaniyat, sanʼat, arxeologiya, tarix va tilshunoslik sohasi vakillari – M.Abdullayev, B.Abduhalimov, A.Bozorboyev, J.Ilyosov, Sh.Minovarov, J.Ostonov, Sh.Pidayev, E.Rtveladze, X.Fayziyev va boshqalar mehnat qildilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring