Oʻzbekistonning Xorvatiyadagi birinchi elchisi tayinlandi
Foto: Oʻzbekistonning Vengriyadagi elchixonasi
Oʻzbekistonning Vengriyadagi elchisi Oybek Shaxavdinov bir vaqtning oʻzida Xorvatiyadagi elchi lavozimiga ham tayinlandi. Bu haqda mamlakatimizning Budapeshtdagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 23-oktyabr kuni Oybek Shaxavdinov Zagrebda Xorvatiya Tashqi va Yevropa ishlari vazirligi protokol departamenti boshligʻi Mirta Yelens Jupanga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan.
Maʼlumot uchun, Oybek Shaxavdinov Oʻzbekistonning ushbu mamlakatdagi birinchi elchisi hisoblanadi. Mazkur elchixona qarorgohi Budapesht (Vengriya)da joylashgan.
Shaxavdinov ilgari Tashqi ishlar vazirlgining Yevropa davlatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi, shuningdek, Oʻzbekistonning Avstriyadagi elchisi lavozimlarida ham ishlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring