Oʻzbekistonning 9 ta oliygohi xalqaro barqaror rivojlanish reytingidan joy oldi
Shu yilning 18-noyabr kuni oliy taʼlim sohasidagi nufuzli xalqaro agentlik – “QS Quacquarelli Symonds 2026” natijalari eʼlon qilindi. Bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur reyting dunyoning qariyb ikki mingta universitetini qamrab olgan boʻlib, unda Oʻzbekistonning 9 ta oliy taʼlim muassasasi, shu jumladan ularning uchtasi Top-1000 talik roʻyxatdan oʻrin olgan.
Ushbu roʻyxat orasida bir qator universitetlar oʻtgan yilgi koʻrsatkichlarini yaxshilagan boʻlsa, ayrimlari reytingga birinchi marotaba kiritilgan.
Oʻzbekiston OTMlarining reytingdagi oʻrinlari quyidagicha:
- “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti – 874-oʻrin;
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 951 oʻrin;
- Oʻzbekiston Milliy universiteti – 970-oʻrin.
Shuningdek, yana 6 ta oliy taʼlim muassasasi, jumladan, Andijon davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Urganch davlat universiteti 1501+ guruhidan joy olgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring