Oʻzbekistonning 8 ta tibbiyot oliy oʻquv yurti TOP-1000 talik reytingga kirish uchun daʼvogar sifatida qayd etildi
Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi oʻzining World University Rankings – 2024 reyting natijalarini eʼlon qildi.
Bu yil respublikamizning yana 20 ta oliy taʼlim muassasasi “reporter” maqomida qayd etilishi bilan TOP-1 000 talik reytingdan joy olish uchun davogarlar oʻtgan yilgi 28 tadan 48 taga yetdi.
Mazkur 48 ta oliy taʼlim muassasasi THEning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda agentlik ularga yaqindan yordam beradi.
Ushbu reytingdan Sogʻliqni saqlash vazirligi tasarrufidagi 8 ta OTM oʻrin olgan. Ular:
— Toshkent tibbiyot akademiyasi;
— Samarqand davlat universiteti;
— Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;
— Toshkent davlat stomatologiya instituti;
— Toshkent farmatsevtika instituti;
— Andijon davlat tibbiyot instituti;
— Buxoro davlat tibbiyot instituti;
— Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
Bunda OTMlarning 18 ta indikator asosida 5 ta yoʻnalishdagi samaradorlik koʻrsatkichlari baholandi:
— oʻqitish;
— tadqiqot muhiti;
— tadqiqot sifati;
— sanoat;
— xalqaro istiqbollar.
Maʼlumot oʻrnida, joriy yil ushbu reytingda 108 ta davlatdan 1 904 ta universitet faoliyatini baholash boʻyicha maʼlumot taqdim etgan boʻlib, ulardan 769 tasi “reporter”, yaʼni daʼvogar universitetlar maqomiga ega boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring