Oʻzbekistonlik yoshlar Ginnes rekordini yangiladi
18-avgust kuni Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida yangi Ginnes rekordi oʻrnatildi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, bogʻda 1946 nafar yosh muhandis bir vaqtning oʻzida 1946 ta kichik robotni yigʻib, “Ginnes rekordlar kitobi”ga kirgan.
Jarayonda jami 2 ming nafar yosh muhandis qatnashdi. Ulardan 1000 nafari hududlardagi oliy taʼlim muassasalaridan, 930 nafari Toshkent shahridagi oliygohlardan, 50 nafari Prezident taʼlim agentligi tizimidagi maktablardan, 20 nafari esa imkoniyati cheklangan yoshlardan iborat boʻldi. Ular 25 daqiqa ichida mini-robotlarni yigʻib, harakatga keltirganlar.
“Bu jarayon nafaqat yoshlarning ilmiy-texnik salohiyatini namoyish etdi, balki ularning izlanuvchanligi, jamoaviy hamjihatligi va yangilik yaratishga boʻlgan intilishini ham yorqin koʻrsatdi”, deyiladi xabarda.
Taʼkidlash joiz, avvalgi rekord 2023-yilning 23-yanvarida Hindistonda oʻrnatilgan boʻlib, unda 1 459 nafar 6-sinfdan 10-sinfgacha boʻlgan oʻquvchi bir vaqtda mini‑robotlarni yasagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring