O‘zbekistonlik talabalar Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalarida grant asosida qabul qilinadi

Samarqand shahrida Qozog‘iston ta’limi kunlari boshlandi. Shu munosabat bilan Samarqand davlat universitetida bo‘lib o‘tgan tadbirda Qozog‘iston Respublikasidagi 15 ta oliy talim dargohidan vakillar qatnashdi.
— Ikki mamlakat o‘rtasida azaliy munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilgani har sohada hamkorlik qilishda muhim omil bo‘lmoqda, — deydi Butunjahon Qozoqlar assotsiatsiyaning O‘zbekistondagi vakili Klara Sadirboyeva. — Qozog‘istonda 2018 yilning “O‘zbekiston yili” deb nomlanishi ham ana shunday samimiy munosabatlarning yorqin mevasidir.
Endilikda ikki davlat o‘rtasida barcha sohalar qatori talim yo‘nalishida ham hamkorlik yo‘lga qo‘yilayapti. O‘zbekistondan Qozog‘istonga borib, oliy dargohlarda talim oladiganlar uchun yaxshigina imtiyozlar mavjud. Masalan, O‘zbekistonda yashovchi, shu yurtning fuqarosi bo‘lgan qozoq millatiga mansub yigit-qizlar Qozog‘istonda 100 foiz grant asosida o‘qiydilar. Boshqa millat vakillari esa 50 foiz imtiyozga ega. Umuman, ushbu yilda qo‘shni mamlakatdagi oliy ta’lim dargohlarida o‘zbekistonlik 10 ming nafar o‘qishni xohlovchilar ana shunday imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin.
Mamadiyor ZIYODINOV,
“Xalq so‘zi ” muxbiri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring