Oʻzbekistonlik startapchilar Silikon vodiysiga yuboriladi
Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Shahlo Turdiqulova AQSHning “StrategEast” kompaniyasi prezidenti Anatoliy Motkin bilan uchrashdi. Uchrashuvda hamkorlikda startap akseleratorlarini tashkil etish, axborot texnologiyalari (AT) sohasini rivojlantirish va birgalikda loyihalarni yoʻlga qoʻyish muhokama qilindi.
“StrategEast” AQSHning Vashington shahrida joylashgan tashkilot boʻlib, asosiy faoliyati xalqaro moliyaviy institutlar, agentliklar va AT sohasidagi yirik ishbilarmon doira vakillari bilan hamkorlikda Yevrosiyo davlatlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgandir.
Kompaniya vakili Oʻzbekistonda startap sohasining rivojlanishini yuqori baholab, muvaffaqiyatli startap loyiha mualliflarini Silikon vodiysidagi AQSH startaplari tajribasini oʻrganish va hamkorlik yoʻlga qoʻyish maqsadida Kaliforniya shtatiga yuborishni qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi.
Shu bilan bir qatorda, tomonlar AQSHning Stenford universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Ishbilarmon ayollar” dasturini Oʻzbekistonga tatbiq etish, shuningdek Belarusda yoʻlga qoʻyilgan loyiha tajribasi asosida Texnologik startaplar inkubatorini tashkil etish boʻyicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Ushbu ishlarning amalga oshirilishi natijasida yangi, sifatli va yuqori texnologiyalarga asoslangan ish oʻrinlarining yaratilishi, yangi startap loyihalarining paydo boʻlishi hamda moliyaviy sarmoyalar jalb qilinishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring