Oʻzbekistonlik qiz shaxmat boʻyicha jahon chempioni boʻldi
Italiyada oʻtayotgan shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatining 14 yoshgacha boʻlgan yosh toifasida hamyurtimiz Afruza Hamdamova muddatidan avvaljahon chempioni boʻldi. Oxirgi turda qanday natija boʻlishidan qatʼi nazar Afruza chempionga aylanadi, chunki unga yetib olishi mumkin boʻlgan yagona taʼqibchisi — qozogʻistonlik shaxmatchini oʻzaro oʻyinda magʻlub etgan. Musobaqa nizomiga koʻra, ochkolar teng kelib qolsa, oʻzaro oʻyinga qaraladi. Afruza Oʻzbekiston tarixida qizlar oʻrtasidagi ilk jahon chempioniga aylandi. Shu paytga qadar Gulruhbegim Tohirjonova va Bahora Abdusattorova oʻz yosh toifalarida kumush medalni qoʻlga kiritgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring