Oʻzbekistonlik poygachining “Formula-4” musobaqasidagi debyuti muvaffaqiyatli chiqdi
Oʻzbekistonlik avtopoygachi Ismoil Ahmadxoʻjayev 2022-yil 20 — 23-yanvar kunlari “Xcel Motorsport” jamoasi tarkibida Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtgan “Formula-4” chempionatining birinchi bosqichida ishtirok etdi.
Hamyurtimiz birinchi raundning barcha — 4 ta poygasida ham belgilangan marrani bosib oʻtdi. U mos ravishda 23, 19, 19 va nihoyat soʻnggi bosqichda 20-oʻrinlarni egalladi. Musobaqada jami 27 nafar poygachi ishtirok etdi.
Taʼkidlash joiz, “Formula-4 UAE Championship-2022” xalqaro turnirida dunyoning 9 mamlakati nomidan qatnashgan 13 ta turli jamoaning eng kuchli pilotlari musobaqalashdi.
Ular orasida Belgiya, Gollandiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Shveytsariya, Irlandiya, Daniya, Avstriya, Portugaliya, Finlyandiya, Avstraliya, Hindiston, Meksika, Braziliya, Janubiy Koreya, Tailand, Marokash, BAA va Oʻzbekiston kabi avtosport olamida oʻz oʻrniga ega 24 ta davlat vakillari gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.
“Formula-4 UAE Championship-2022” chempionatining keyingi raundi BAAning Dubay shahrida 28 — 30-yanvar kunlari “Dubai Autodrom” trassasida boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring