Oʻzbekistonlik para yengil atletikachilar Yaponiyadagi jahon chempionatida tarixiy natija qayd etdi
Foto: Milliy paralimpiya qo'mitasi
Yaponiyaning Kobe shahrida boʻlib oʻtgan para yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan sportchilar tarixiy natija qayd etdi.
Dunyoning 103 ta mamlakatidan mingdan ortiq para atlet ishtirok etgan musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi 7 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza, jami 13 ta medal jamgʻarib, umumjamoa hisobida 3-oʻrinni egalladi.
Oltin:
- Qudratullaxon Maʼrufxoʻjayev – yadro uloqtirish;
- Qudratullaxon Maʼrufxoʻjayev – disk uloqtirish;
- Husniddin Norbekov – yadro uloqtirish;
- Nurxon Qurbonova – nayza uloqtirish;
- Asila Mirzayorova – uzunlikka sakrash;
- Yoqutxon Xolbekova – uzunlikka sakrash;
- Safiya Burxanova – yadro uloqtirish.
Kumush:
- Boburjon Omonov – yadro uloqtirish;
- Dilafruz Ahmadxonova – yadro uloqtirish;
- Kubaro Hakimova – yadro uloqtirish;
- Mohigul Hamdamova – disk uloqtirish.
Bronza:
- Maʼrufjon Murodulloyev – 400 metrga yugurish;
- Nurxon Qurbonova – yadro uloqtirish.
Taʼkidlash kerakki, bu Oʻzbekiston Paralimpiyasi tarixida birinchi bor sodir boʻlmoqda. Taqqoslash uchun, terma jamoamiz bundan avvalgi 2 ta jahon chempionatida 10 va 9-oʻrinlarni egallagan edi.
Bundan tashqari, Nurxon Qurbonova hamda Asila Mirzayorova oʻz yoʻnalishlarida jahon rekordlarini yangilashga muvaffaq boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring