Oʻzbekistonlik futbolchi faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin
Foto: You tube
Fransiyalik insayder Muhammad Tuchabe-Ter Parijning PSJ klubi oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovga qiziqish bildirayotgani maʼlum qildi. Bu haqda u oʻz X sahifasida yozdi.
“PSJ braziliyalik himoyachi Markinosga oʻrinbosar izlamoqda va 20 yoshli Husanov bu pozitsiya uchun munosib nomzod”, deydi u.
Shuningdek, “Foot01” sayti oʻzbekistonlik futbolchini eʼtirof etgan va tez orada uni Yevropaning top-klublarida, jumladan, PSJda koʻrishimiz mumkinligini qayd etgan.
«Abduqodir Husanov mavsumni yaxshi boshladi va uni tez orada Yevropaning top-klublarida koʻrishimiz mumkin, masalan PSJda.
Jamoa asosiy himoyachisi Kevin Dansoning jarohat olganiga qaramay, “Lans” himoyasi barqarorlik namoyish etmoqda. Jamoa Fransiya chempionatida 6 oʻyinda atigi 2 ta gol oʻtkazdi. Husanov himoyada ajoyib oʻyinlar namoyish etmoqda», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring