Oʻzbekistonlik futbolchi faoliyatini Iroqda davom ettiradi

18:30 12 Avgust 2025 Sport
323 0

Foto: “Erbil” / Instagram

Oʻzbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Sherzod Temirov faoliyatini Iroq Yulduzlar ligasi vakili “Erbil” klubida davom ettiradi. Bu haqda arab klubi oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida maʼlum qildi.

Klub axborot xizmatining xabariga koʻra, Sherzod Temirov bilan 2026-yilning yoziga qadar shartnoma imzolanadi.

26 yoshli oʻzbekistonlik hujumchi bunga qadar Gonkongning “Kitchi” jamoasi sharafini himoya qilayotgan edi. Uning klub bilan shartnomasi joriy yilning avgust oyida oʻz yakuniga yetdi, shu bois u “Erbil” safiga erkin agent sifatida borib qoʻshildi. Hozirgi kunda futbolchining “Transfermarkt” portalidagi narxi 400 ming yevroni tashkil qiladi.

Maʼlumot uchun, Temirov faoliyati davomida “Nasaf”, “Mashʼal”, “Paxtakor” kabi Oʻzbekiston klublari hamda Eronning “Persepolis” va “Paykan” jamoalarida toʻp surgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер