Oʻzbekistonlik yengil atletikachi Olimpiada finaliga chiqdi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Safina Saʼdullayeva “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini davom ettirdi.
Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Safina hamyurtlarimizning bugungi omadli ishtirokini davom ettirdi. Balandlikka sakrash dasturining saralash bosqichida ishtirok etayotgan hamyurtimiz dastlabki bosqichdagi muvaffaqiyatidan soʻng, ikki urinishi omadli kelmadi.
Qayd etish kerakki, Safina Saʼdullayeva balandlikka sakrash dasturining saralash bosqichida ishtirok etgan hamyurtimiz “V” guruhida 1,95 metr natija qayd etdi. Mavsumdagi eng yaxshi natijasini koʻrsatgan Saʼdullayeva shu tariqa 4-avgust kuni boʻlib oʻtadigan final dasturiga yoʻllanma oldi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Safina Saʼdullayeva xalqaro toifadagi sport ustasi hisoblanadi va bir qator nufuzli turnirlarda sovrindor boʻlgan.
Avvalroq, Ruslan Abdullayev oʻzining birinchi Olimpiadasida tushunarsiz qarorlar ortidan turnirni tark etgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring