Oʻzbekistonlik bokschi yigitlar nega Qozogʻistondagi jahon kubogiga bormadi?
Ayni kunlarda Qozogʻistonning Astana shahrida “World Boxing” tashkiloti tomonidan boks boʻyicha Jahon kubogi bahslari boʻlib oʻtmoqda. Ushbu musobaqada Oʻzbekistonning ayollar terma jamoasi ishtirok etmoqda. Shunga qaramasdan, erkaklar terma jamoasi ushbu musobaqada qatnashmayapti.
Bu masala yuzasidan Oʻzbekiston boks federatsiyasi bosh kotibi Shohid Tillaboyev oʻz fikrlarini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, erkaklar terma jamoasi soʻnggi paytlarda koʻplab janglarda ishtirok etgani sababli, ularning jarohat olish xavfini kamaytirish va ortiqcha yuklamalardan saqlash maqsad qilingan. Shu bois murabbiylar shtabi oʻz rejasi asosida ish olib bormoqda.
“Bu musobaqada yaxshi qatnashish uchun bokschilarni yuqori sport formasiga olib kirish kerak. Ammo shu bilan birga, oldinda Liverpuldagi Jahon chempionatiga oz fursat qoldi. Agar bu musobaqada qatnashib, keyin yana formaga kiritish kerak boʻlsa, bu murabbiylar uchun katta muammo boʻlishi mumkin. Shu sabab, biz asosiy eʼtiborni Liverpuldagi jahon chempionatiga qaratamiz va reja boʻyicha ishni davom ettiramiz”, — dedi Shohid Tillaboyev Olamsport.com sayti jurnalisti Aziz Toʻxtamurodov bilan suhbatda.
Eslatib oʻtamiz, “World Boxing” tashkilotining Jahon chempionati joriy yilning 4–14-sentyabr kunlari Liverpul shahrida boʻlib oʻtadi. Unda dunyoning eng kuchli bokschilari ishtirok etishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring