Oʻzbekistonlik 6 nafar polvon Ginnes rekordini qayd etdi
Oʻzbekiston tarixidagi birinchi jamoaviy sport boʻyicha Ginnes rekordi rasman «Guinness World Records» saytida joylashtirildi. Bu haqda GWR veb-saytida koʻrish mumkin.
«Gazeta.uz»нинг yozishicha, Oʻzbekiston Bodibilding va fitnes federatsiyasining 7SABER brendi ostida ishtirok etgan olti nafar sportchidan iborat jamoasi (Bekzod Xudoyqulov, Sherzodbek Gaynazarov, Farhod Dadamuxamedov, Umid Xusanov, Baxshulla Sayfullayev va Abrorbek Fozilov) «Silk Avia»ning 13,5 tonna ogʻirlikdagi samolyotini 100 metrga 46,7 soniyada tortib borib, Ginnes rekordini oʻrnatgan.
Rekord 15-may kuni Toshkent aeroportida Ginnesning rekordlar kitobi komissari Mbali Masechaba Nkosi ishtirokida hujjatlashtirilgan.
Maʼlumot uchun, 2017-yil syentabr oyida 50 nafar oshpazdan iborat jamoa Toshkentdagi «Oʻzbegim» festivalida 7 ming 360 kilogramm osh damlab, Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan edi.
Eng koʻp ketma-ket Olimpiada oʻyinlarida qatnashish borasida ham rekord oʻzbekistonlik sportchi Oksana Chusovitinaga tegishli boʻlib, u 1992-yildan 2021-yilgacha 8 ta Olimpiada oʻyinlarida qatnashgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring