Oʻzbekistonga migrantlar pul yubormasa, kambagʻallik darajasi 16,8 foizgacha ortishi mumkin — Jahon banki

Toshkentda Jahon banki mutaxassislari Yevropa va Markaziy Osiyo (YEMO) mintaqasidagi migratsiyaning zamonaviy tendensiyalari, muammolari va imkoniyatlari tahlilini oʻz ichiga olgan yangi tadqiqotni eʼlon qildi.
Unda aytilishicha, Yevropa va Markaziy Osiyo hududlarida 100 millionga yaqin migrantlar yashamoqda. Ish haqi farqlari, demografik nomutanosiblik, iqlim oʻzgarishi va qurolli mojarolar mazkur migratsion holatlarning asosiy sabablari sifatida koʻrsatilgan.
Mutaxassislar tahliliga koʻra, Markaziy Osiyoning Tojikiston va Qirgʻiziston mamlakatidagi migrantlarning 80 foizdan ortigʻi ishlash uchun Rossiyaga ketadi.
Jumladan, Oʻzbekistonlik migrantlarning 57 foizi Rossiyaga, 15 foizi Qozogʻistonga hamda 10 foizi Ukrainada ishlashi maʼlum qilingan.
Shuningdek, Tojikistonda mehnat muhojirlarining pul oʻtkazmalari YAIMning 45 foizini tashkil etib, bu dunyodagi eng yuqori koʻrsatkichlardan biri hisoblanadi. Qirgʻizistonda ushbu koʻrsatkich 24 foizni, Oʻzbekistonda esa 14 foizga tang ekanligi qayd etilgan.
“Ushbu mamlakatlardan kelgan muhojirlar chet elda ishlash orqali oʻz daromadlarini ikki yoki uch baravar oshirishlari mumkin, bu esa ularning oilalari turmush darajasini sezilarli darajada yaxshilaydi”, — deyiladi xabarda.
Chet elda ishlaydigan mehnat muhojirlari yuborayotgan pul oʻtkazmalari orqali uy xoʻjaliklari orasidagi kambagʻallik darajasi ancha past koʻrsatkichni tashkil etmoqda.
Xususan, Qirgʻizistonda mehnat muhojirlari yuborayotgan pul oʻtkazmalari sabab uy xoʻjaliklaridagi kambagʻallik darajasi 10 foizdan kam koʻrsatkichga yetgan. Migrantlar yuborayotgan mablagʻlar boʻlmaganda kambagʻallik koʻrsatkichi 50 foizdan ham oshib ketishi mumkin edi.
Hisob-kitoblarga koʻra, Oʻzbekistonga mehnat migrantlarining pul oʻtkazmalari boʻlmaganda mamlakatdagi kambagʻallik darajasi 9,6 foizdan 16,8 foizgacha ortib ketishi taxmin qilinmoqda.
“Mehnat migratsiyasi Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun muhim boʻlib, u millionlab oilalarning daromad manbai boʻlib qolmoqda”, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senatda Qatar Shoʻro kengashi Raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
- Samarqandda “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti oʻz ishini boshladi
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring