Oʻzbekistonga Xitoydan yana 1 million doza vaksina olib kelindi
Hozirgina Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi tomonidan oʻzbekistonlik mutaxassislar hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 million dozasi Xitoydan yurtimizga olib kelindi.
Vaksinaning 1 million dozalik avvalgi partiyasi shu yilning 27-mart kuni keltirilgan edi.
Shu kungacha yurtimizdagi vaksinatsiya jarayonlari uchun jami 1 660 ming doza vaksina zaxirasidan foydalanilmoqda. Ayni paytgacha emlangan 565 ming nafardan ortiq aholining 46 foizi, yaʼni 263 ming nafardan ortigʻi ZF-UZ-VAC2001 bilan emlangan.
ZF-UZ-VAC2001 bilan emlanish 65 yosh va undan katta yoshdagi emlanuvchilar orasida 148 ming nafardan ortiqni, tibbiyot xodimlari orasida 114 ming nafardan ortiqni tashkil qilgan.
Kecha, 26-aprel kuni ZF-UZ-VAC 2001 bilan emlangan fuqarolar soni 14 522 nafarni tashkil qilib, ushbu vaksina bilan kunlik emlanish koʻrsatkichi 68 foizga yetgani ham eʼtiborga loyiq.
Eslatib oʻtamiz, bundan avval yurtimizga «Sputnik V” vaksinasining 2 ta partiyasi keltirilgan edi. Shuningdek, AstraZeneca vaksinasining ham yangi partiyasini keltirish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring