Oʻzbekistonga keluvchi turistlar oqimi 1,7 mln nafarga oʻsdi

12:33 12 Avgust 2025 Jamiyat
243 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekistonga yanvar iyun oylarida 5,3 million nafar xorij fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,7 million nafarga yoki 48,9 % ga oshgan.

6 oyida sayohat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:

Rossiya — 166,6 ming nafar;

Turkmaniston — 123,0 ming nafar;

Qozogʻiston — 77,7 ming nafar;

Qirgʻiz Respublikasi — 71,6 ming nafar;

Tojikiston — 49,1 ming nafar;

Xitoy — 39,1 ming nafar;

Turkiya — 29,3 ming nafar;

Hindiston — 22,0 ming nafar;

Italiya — 18,6 ming nafar;

Janubiy Koreya — 14,9 ming nafar;

Germaniya — 14,7 ming nafar;

AQSH — 13,2 ming nafar;

Boshqa davlatlar — 143,9 ming nafar.

Barcha tashrif buyurganlarning safar maqsadlari esa quyidagicha:

qarindoshlarni yoʻqlash – 3 596 799 nafar;

sayohat – 783 696 nafar;

xizmat yuzasidan – 594 023 nafar;

tijorat – 223 581 nafar;

davolanish – 48 557 nafar;

oʻqish – 9 546 nafar.

Statistikadan koʻrinadiki, tashriflarning katta qismi (taxminan 68%) qarindoshlarni yoʻqlash maqsadida boʻlib, bu Oʻzbekistonning diasporasi kengligi va chet eldagi vatandoshlar bilan aloqalarning faol ekanini anglatadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?