Oʻzbekistondan oʻtgan 6 oyda qancha fuqaro xorijga ishga yuborilgani maʼlum qilindi

03:10 03 Avgust 2024 Jamiyat
401 0

Oʻzbekistondan oʻtgan 6 oyda xorijda ishlash istagida boʻlgan 64 ming nafar shaxs chet davlatlarga qonuniy, xavfsiz hamda uyushgan holda ishga yuborilgani maʼlum qilindi.

Xabar berilishicha, bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3 baravarga koʻp. Joriy yilning oʻtgan davrida xorijga vaqtincha ishga yuborish boʻyicha ham salmoqli ishlar qilingani, mamlakatlar geografiyasi rivojlangan davlatlar hisobiga kengaygani taʼkidlandi.

Joriy yilning II yarim yilligida 90 ming nafar shaxsni Janubiy Koreya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Ruminiya, Bolgariya, Vengriya, kabi rivojlangan davlatlarda ishga joylashtirish rejalashtirilgan.

Bularning barchasi “Xorijga ish — mahalladan” tamoyili asosida yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, yil oxirigacha 115 ming ishsiz aholi kasb-hunar, tadbirkorlik koʻnikmalari va xorijiy tillarga oʻqitiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?