Oʻzbekistondagi ziyoratgohlar roʻyxati yagona milliy turistik axborot portaliga joylashtirildi
Foto: Illustrativ foto
Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga 2022-yil 1-sentyabrga qadar respublikadagi muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarning roʻyxatini shakllantirish va “Uzbekistan.travel” yagona milliy turistik axborot portaliga joylashtirish vazifalari yuklatilgan.
Bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-232-son qarorining 17.4.-bandida alohida qayd etilgan.
Shunga asosan, respublika hududlarining “chorlovchi nuqta”si sifatida turizm yoʻnalishlariga kiritish yuzasidan respublikadagi muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarning roʻyxati shakllantirilib, ziyoratgohlar nomi, obyektning tashqi tomondan koʻrinishi aks etgan suratlari, manzili hamda obyekt toʻgʻrisida qisqacha maʼlumotlari “Uzbekistan.travel” yagona milliy turistik axborot portaliga joylashtirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring