Oʻzbekistondagi saylov xorijiy kuzatuvchilar diqqat markazida
Andrey Ofitserov - Xalqaro kuzatuvchi (MDH)
– Oʻzbekistondagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini kuzatish maqsadida yurtingizga kelib, Samarqanddagi saylov jarayonlari bilan tanishyapmiz. Bir nechta saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlarini kuzatdim. Parlament saylovlariga tayyorgarlik juda yaxshi tashkil etilgan. Saylovchilarning faolligini alohida taʼkidlash kerak. Yoshlar ham, keksalar ham uchastkaga kelib, oʻz huquqidan foydalanmoqda.
Archana Upadhyay – Hindistonlik kuzatuvchi
– Oʻzbekistonda oʻtkazilayotgan Parlament saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etyapman. Taʼkidlash kerak boʻlgan alohida jihat – bu mamlakatingizdagi ayollar va erkaklarning teng huquqliligi. Buni faqat saylovda emas, barcha sohalarda ham yaqqol koʻrish mumkin. Hindiston demokratik saylov tizimiga ega va bunga 75-yil davomida erishgan. Oʻzbekistonda soʻnggi 10-yilda oʻtkazilayotgan saylovlar koʻrsatkichlaridan koʻrish mumkinki, bu juda katta natija.
Samarqandga birinchi bor kelishim, eshitganlarimdan ham koʻproq va yaxshiroq taassurotlarga ega boʻldim. Goʻzal tarixiy shahar, odamlarning mehmondoʻstligi menga juda maʼqul boʻldi.
Adam Marshalek - Polshadagi “Marshlek-xolding” nashriyoti prezidenti
– Kecha Toshkent shahrida boʻlib, saylovga tayyorgarlikni kuzatgan boʻlsam, bugun Samarqandda bu jarayonga bevosita guvoh boʻlyapman. Odamlar saylovga befarq emas, qayerga borishni, kimga ovoz berishni biladi. Ayrim davlatlarda aholi avval oʻz yumushlarini bajarib, keyin saylovga boradi. Oʻzbekistonda saylovchilar ertalabdan uchastkalarga borib, ovoz bermoqda. Bu Oʻzbekistonda saylovlarni oʻtkazish boʻyicha katta tajriba toʻplanayotganidan dalolatdir. Oʻzbekiston bugun jadal rivojlanmoqda, dunyo nigohida. Shuning uchun saylovni kuzatishga ham koʻp davlatlar, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar kelgan. Men ham ilgari xalqaro tashkilotlar guruhi tarkibida saylov jarayonlarini kuzatganman. Bu gal mustaqil kuzatuvchi sifatida qatnashyapman. Shu paytgacha bir necha bor yurtingizdagi saylov jarayonlarida kuzatuvchi sifatida qatnashganman. Tashkilotchilar qaysi hududga bormoqchisiz, deb soʻraganida hech ikkilanmay Samarqandni tanladim. Chunki har gal bu qadimiy va goʻzal shaharda boʻlganimda yangi taassurotlarga ega boʻlaman.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring