Oʻzbekistondagi ilk global ekoturistik loyiha taqdimoti oʻtkazildi

10:37 16 Sentyabr 2020 Welcome to uzbekistan
1813 0

Namangan shahridagi Yoshlar markazida «Chodak-Eko hududi» tashkil etish masalalariga bagʻishlangan taqdimot va davra suhbati boʻlib oʻtdi. Tadbir avvalida koʻplab xorijiy davlatlarda ish tajribasi ega boʻlgan xalqaro ekspert Nodirabegim Muhammadaliyeva «Chodak-Eko hududi» konsepsiyasi haqida maʼlumot berar ekan, bu loyihaning Oʻzbekistonda oʻxshashi yoʻqligini taʼkidlab oʻtdi.

— Chodak har tomonlama jips, ikki togʻ oʻrtasida joylashgan kompakt qishloq. Bu yerda ekohududni tashkil etish nisbatan ancha oson boʻlishini bilgan holda shu ishga qoʻl urdik. Agar xuddi shu loyihani Qashqadaryo yoki Surxondaryoda amalga oshiradigan boʻlsak, kamida 3-4 yil vaqt ketadi. Biz esa Chodakda buni uzogʻi 1,5 - 2 yilda amalga oshirishni koʻzda tutmoqdamiz, — dedi u.

Loyihaga koʻra Chodakda barpo etilayotgan Apart Hotel Kosmos dam olish majmuasida ekomehmonxona barpo etish koʻzda tutilgan.

— Chodak hozirga qadar ham sayyohlarni oʻziga jalb etib kelayotgan ajoyib maskan, — deydi Pop tumani hokimi Aʼzamjon Sultonov. - Birgina 2019-yil dam olish mavsumida davomida unga 500 mingdan ortiq mehmon keldi. Bu koʻrsatkich bir kunda 5000 gacha yetdi. Ayni paytda hududda 400 dan ortiq dam olish maskanlari mavjud. 4500-yillik tarixga ega qishloqning boy madaniy merosi, meʼmoriy obida va ziyoratgohlari hamda soʻlim tabiatidan unumli foydalangan holda sayyohlar oqimini yana-da koʻpaytirish, infratuzilma va kommunikatsiya vositalarini jahon talablariga moslash ishlari ketmoqda. Bu amalga oshirayotgan ishlarimiz debochasidir.

Qudratilla NAJMIDDINOV
(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер