Oʻzbekistonda zargarlik buyumlarining eksport hajmi 300 mln dollarga yetkaziladi
“Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-207-son, 26.06.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar berildi.
Ushbu qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- qimmatbaho metallarni qayta ishlashning yillik hajmini 7 tonnaga, zargarlik buyumlarini eksport qilish koʻrsatkichlarini 300 mln AQSH dollariga yetkazish;
- qimmatbaho metallar va zargarlik buyumlarining norasmiy aylanmasini kamida 50 foizga qisqartirish.
Qarorga koʻra, zargarlik markazlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga quyidagi qoʻllab-quvvatlash choralari taqdim etiladi, jumladan:
- qimmatbaho metallarni kechiktirib toʻlash sharti bilan sotishda 90 kun ichida amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga foiz hisoblanmaydi, 91-kundan boshlab 180-kungacha amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga – yillik 3 foiz miqdorida foiz hisoblanadi;
- zargarlik markazlarida «Oʻzbekzargarsanoati« uyushmasi va Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining filiallari faoliyati (sayyor xizmat koʻrsatish) yoʻlga qoʻyiladi;
- zargarlik markazlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga aʼzo boʻlganda aʼzolik badalini 50 foizlik chegirma bilan toʻlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring