Oʻzbekistonda yangi oʻquv yilida ham maktablarda dars jarayoni gibrid shaklda davom etishi kutilmoqda

14:27 09 Avgust 2021 Jamiyat
1573 0

Yangi 2021-2022 oʻquv yili yaqinlashgani sari ota-onalardan uning qanday shaklda boʻlishi borasida koʻplab savollar kelib tushmoqda. Holat boʻyicha Xalq taʼlim vazirligi munosabat bildirdi.

Qayd qilinishicha, Xalq taʼlimi vazirligi yangi 2021-2022 oʻquv yilida maktablarda dars jarayoni gibrid shaklda davom ettirilishiga tayyorgarlik koʻrayotganini maʼlum qiladi. Bunda maktabda yuzaga keladigan vaziyatga qarab maktab Sanitariya-epidemiologiya nazorati Markazlari taklifiga asosan mahalliy kengashlar qarorlariga koʻra ayrim maktablar karantinga yopilib masofaviy tizimga oʻtkazilishi mumkin.

Bunday holatlarda oʻquvchilar taʼlimni vaqtincha masofaviy shaklda uydan davom ettiradi. Oʻquvchining masofadan taʼlim olishiga imkoniyat yaratish maqsadida Milliy teleradiokompaniyaning telekanallari orqali “Onlayn maktab” loyihasi doirasida efirga uzatilayotgan darslar davom ettiriladi.

Shu oʻrinda Xalq taʼlimi vazirligi anʼanaviy taʼlimni toʻliq tiklanishi uchun barcha tizim xodimlarini tezroq vaksina olishlarini soʻrab qoladi. Hech qanday eng zamonaviy masofaviy taʼlim tizimi ham bevosita maktabdagi taʼlim oʻrnini bosa olmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?