Oʻzbekistonda yana bir murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli oʻtkazildi
Foto: Миллий тиббиёт маркази Матбуот хизмати
Milliy tibbiyot markaziga Qozogʻiston fuqarosi boʻlgan ayol bemor gonad venalaridagi reflyuks tashxisi bilan murojaat qildi. Markazning qon tomir jarrohlari va endovaskulyar xirurglari tomonidan unga muvaffaqiyatli embolizatsiya amaliyoti bajarildi.
Aytish kerakki, Gonad venalari reflyuksi — qorin pastki qismida qonning orqaga qaytishi boʻlib, ayollarda surunkali qorin ogʻrigʻi va noqulaylikka sabab boʻladi. Embolizatsiya usuli esa venani yopib, qon oqimini sogʻlom tomirlarga yoʻnaltiradi.
Milliy tibbiyot markazi Matbuot xizmati tomonidan maʼlum qilinishicha, jarrohlik amaliyotidan soʻng bemorda qon aylanishi tiklangan va asoratlarning oldi olingan.
Taʼkidlash joizki, ushbu murakkab jarrohlik amaliyoti Oʻzbekistonda birinchi marta bajarildi. Bu esa kelgusida bemorlarga xorijga chiqmasdan davolanish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring