Oʻzbekistonda uch millioninchi smart gaz hisoblagich oʻrnatildi
«Hududgaztaʼminot» AJ axborot xizmati maʼlum qilishicha, Angren shahri Dukent hududida joylashgan “Mirzo Ulugʻbek” mahalla fuqarolar yigʻinidagi xonadonlardan birida uch millioninchi gaz hisoblagichi oʻrnatildi.
Ushbu xonadonda Valentina Shushkanova va uning oilasi yashaydi. «Hududgaztaʼminot» AJ, “Texnopark” MCHJ, Italiyaning Piyetro Fiorentini kompaniyasi va OAV vakillari ularni shu munosabat bilan samimiy tabriklab, gaz taʼminoti tizimi jamoasi va aqlli hisoblagichlar ishlab chiqaruvchilari nomidan zamonaviy gaz plitasi va muzlatgichni sovgʻa sifatida taqdim etdi.
Bugungi kunda GHNQAT tizimi mamlakat isteʼmolchilarining 85 foizidan koʻprogʻini qamrab olgan.
Tabiiy gazni aniq hisobga olish va oʻz vaqtida toʻlovlarni amalga oshirish fuqarolarning energiya manbalariga boʻlgan munosabatlarini oʻzgartirmoqda, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring