Oʻzbekistonda “Toshkent mozaikalari” maxsus mobil ilovasi ishga tushirildi

07:32 07 May 2024 Madaniyat
412 0

Oʻzbekistonda “Toshkent mozaikalari” maxsus mobil ilovasi ishga tushirildi.

«Uzbektourism.uz» maʼlumotiga koʻra, ilova foydalanuvchilarga “Kaleydoskop” funksiyasi va kengaytirilgan reallik bilan toʻldirilgan AR filtrlari yordamida Toshkentdagi modernizm dizayni asosida barpo etilgan obyektlar mozaikalari bilan tanishish imkonini beradi.

Funksiyadan smartfon kamerasini joyida obyektga yoʻnaltirish orqali foydalanish mumkin.

“Toshkent mozaikalari” onlayn katalogida 334 mozaika haqida fotosuratlar, joylashgan joyi va ular haqidagi maʼlumotlar mavjud.

Bugun mozaikalar Toshkentning rasman madaniy meros obyekti sifatida tan olingan. Ilovaning ishga tushirilishi Oʻzbekistonda sayyohlik salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi, shuningdek, mamlakat aholisi va sayyohlar uchun mozaikani saqlab qolishga yordam beradi.

Ilovani “Google Play”, “App Store”, “AppGallery” platformalari orqali yuklab olish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер