Oʻzbekistonda tadbirkorlarning rentabellik darajasiga qoʻyiladigan talablar yumshatildi

15:46 06 Avgust 2024 Iqtisodiyot
260 0

Vazirlar Mahkamasining q“Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Xususan, hujjat bilan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning EBITDA asosidagi rentabellik darajasini aniqlashga qoʻyiladigan talablar yumshatilmoqda. Bunda agar EBITDA boʻyicha rentabellik darajasi xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyat yuritayotgan soha boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichdan:

  • 20 foiz va undan yuqori boʻlsa — 10 ball;
  • 15-20 foiz — 8 ball;
  • 10-15 foiz — 6 ball;
  • 5-10 foiz — 4 ball;
  • 5 foiz — 2 ball beriladi.

Bundan tashqari hujjat bilan quyidagilar nazarda tutiladi:

  • “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” elektron platformasi bilan integratsiyalash uchun axborot tizimlari mazmunini qayta koʻrib chiqish;
  • elektron hisob-fakturalarning holatini baholash jarayonini qonunchilikda belgilangan muddatlarda yakunlash;
  • QQS va foyda soligʻi toʻlovchilari uchun alohida Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha, shuningdek, aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilari uchun alohida tumanlar (shaharlar) boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joyiga qarab oʻrtacha koʻrsatkichlarni hisoblash tartibini takomillashtirish.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida davlat tilida eʼlon qilindi va 2024-yil 2-avgustdan kuchga kirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер