Oʻzbekistonda sport tadbirlari orqali yoshlar qamrovini 10 million nafarga yetkazish rejalashtirilmoqda – Nurbek Salomov
Joriy yil yakuniga qadar ommaviy sport tadbirlari orqali yoshlar qamrovini 10 million nafarga hamda sport bilan shugʻullanishga jalb qilingan aholi ulushini 26 foizdan 28 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Bu haqda Sport vazirligi axborot xizmati rahbari Nurbek Salomov maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, aholining jismoniy tayyorgarligini baholash maqsadida 11 ta yosh toifalari boʻyicha aholidan sport sinovlari qabul qilish tizimi yanada takomillashtirilib, bu borada alohida elektron platforma ishga tushirildi.
Shuningdek, bugunga qadar 23 turdagi normativlar boʻyicha sinovlarni topshirish istagini bildirgan 4,2 million nafar yoshlar elektron roʻyxatdan oʻtdi va ularning 3,2 million nafaridan sport sinovlari qabul qilindi. Joriy yil umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari va oliy taʼlim muassasalari talabalaridan sport sinovlarini qabul qilish jarayonlariga start berildi.
Bundan tashqari, sport maktablarida sport guruhlarini toʻldirish meʼyorlari qayta koʻrib chiqilib, sport turlarining xususiyati, sport inshootlarining sigʻimi va sanitariya talablarini inobatga olib, guruhlarga sportchilarni qabul qilishning minimal, optimal va maksimal miqdorlari belgilandi. Bu borada joylardagi sport maktablarida doimiy shugʻullanuvchilar kontingenti joriy yil boshidagi 370 ming nafardan 570 ming nafarga yetkazildi.
Shu sababli ushbu yoshlar sport maktabining maxsus guruhlarida 8 oygacha malakali trenerlar tomonidan bepul shugʻullantirilib, jismoniy tayyorgarlik darajasi va razryadiga qarab, keyingi bosqichga oʻtkaziladi. Maxsus guruhlardagi professional sportga salohiyati bor yoshlar yoʻnalishiga koʻra hududlardagi 4 ta ixtisoslashtirilgan sport maktablari yoki 15 ta Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga qabul qilinadi.
“Yil yakuniga qadar sport bilan muntazam shugʻullanuvchilar sonini 1 million nafarga yetkazish boʻyicha barcha choralar koʻrilmoqda”, degan Nurbek Salomov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring