Oʻzbekistonda sifatsiz mahsulot haqida xabar bergani uchun pul toʻlash taklif qilinmoqda

15:29 25 Avgust 2025 Jamiyat
122 0

Oʻzbekistonda majburiy talablarga javob bermaydigan mahsulotlar haqida maʼlumot bergan fuqarolarni moddiy ragʻbatlantirish tizimini joriy etish taklif qilindi. Mos qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

Hujjatga koʻra, agar iqtisodiy operatorlar muomalaga kiritilgan mahsulot belgilangan talablarga javob bermasligini bilsa, bu haqda 10 kun ichida bozor nazorati organiga xabar qilishi shart.

Shuningdek, oddiy fuqarolar ham tegishli maʼlumotni taqdim etish huquqiga ega boʻladi. Qonunga koʻra, ular moddiy jihatdan ragʻbatlantirilishi mumkin.

Maʼlumot kelib tushgandan soʻng bozor nazorati organi 5 kun ichida iqtisodiy operatorni xabardor qilishi kerak.

Loyihaga muvofiq, masʼul idoralar 4 oy ichida fuqarolarni moddiy ragʻbatlantirish tartibini tasdiqlaydi. Shuningdek, 6 oy mobaynida yetkazilgan maʼnaviy zarar miqdorini aniqlash metodikasi ishlab chiqiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер