Oʻzbekistonda pestitsidlarning xavfsiz boshqaruviga oʻtiladi
Foto: “Xalq soʻzi”
Oʻzbekistonda pestitsidlarni xavfsiz boshqarish loyihasi — “Xavfli kimyoviy moddalarni oqilona boshqarish uchun texnik yordam” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Ushbu tashabbus mamlakatni iqlim oʻzgarishi taʼsirini yumshatish hamda atrof-muhitning salbiy oqibatlarini kamaytirishda qoʻllab-quvvatlashga yordam beradi. Buning uchun esa mahalliy salohiyatni oshirish, institutlarni mustahkamlash, meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, vosita va muvofiqlashtirish mexanizmlarini sayqallash rejalashtirilgan. Shuningdek, Oʻzbekistonda kimyoviy chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish boʻyicha asosiy masalalarni hal etish hamda pestitsidlardan foydalanishni qisqartirish uchun yanada ekologik toza qishloq xoʻjaligi amaliyotini joriy etish orqali ham pirovard maqsadga erishish koʻzda tutilgan.
Ushbu loyiha BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan birgalikda Yevropa Ittifoqi koʻmagida amalga oshirilmoqda.
Pestitsidlarning hayotiy zanjirini boshqarishga bagʻishlangan loyiha doirasida tashkil etilgan seminarda ishni muvaffaqiyatli ravishda davom ettirish uchun asosiy fikrlar belgilandi. Maqsadli auditoriya pestitsidlarni tartibga solish, boshqarish, ulardan foydalanish va utilizatsiya qilish, shuningdek, atrof-muhit va inson salomatligini muhofaza qilishga ixtisoslashgan keng doiradagi manfaatdor tomonlarni oʻz ichiga oldi. Tadbirda, shuningdek, hukumat vakillari, nodavlat notijorat tashkilotlari, xususiy sektor, ilmiy va ilmiy muassasalar vakillari, pestitsidlar va xavfli chiqindilarni boshqarish sohasidagi xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.
— Ushbu seminarning asosiy maqsadi pestitsidlarning hayotiy zanjirini boshqarish konsepsiyasini joriy etish, Oʻzbekistonda mavjud pestitsidlarni boshqarish tizimidagi kamchiliklarni muhokama qilish va uni bartaraf etish uchun amalga oshirilishi lozim boʻlgan qisqa, oʻrta va uzoq muddatli chora-tadbirlar toʻgʻrisida qaror qabul qilishdan iborat, — deydi loyihaning milliy koordinatori Elmurod Nazarov. — Pirovardida, ushbu amallar eskirgan pestitsidlar bilan bogʻliq xavflarni kamaytirish va inson salomatligi hamda atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha ilgʻor tajribalarni joriy etishga koʻmak beradi.
Taʼkidlash joizki, loyihaning amalga oshirilishi Oʻzbekistonda ekologik xavfsizlikni yaxshilash yoʻlidagi muhim qadamdir. Pestitsidlarni ishlab chiqarish, tarqatish va ulardan foydalanish natijasida atrof-muhit va inson salomatligiga taʼsirini kamaytirish maqsadida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti hamda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan pestitsidlarni boshqarishning ishlab chiqarishdan tortib to utilizatsiya qilishgacha boʻlgan har bir bosqichida ilgʻor tajribalarni birlashtirgan pestitsidlarning hayot zanjirini boshqarish tizimi ishlab chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring