Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik ish haqi qancha?
Illyustrativ foto
Joriy yilning birinchi choragida Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik ish haqi 5 million 796,1 ming soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar qildi.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 18 foizga, 2021-yilga qaraganda esa ikki baravarga yuqori.
Yanvar mart oylarida hududlar kesimida eng yuqori ish haqi 9,88 million soʻm bilan Toshkent shahriga toʻgʻri keldi. Ikkinchi oʻrinda esa 7,33 million soʻm bilan Navoiy, undan soʻng esa 5,43 million soʻm oylik bilan Toshkent viloyati turibdi. Oʻrtacha ish haqi eng past hudud boʻlsa 4,08 million soʻm bilan Qashqadaryo viloyatida qayd etildi.
2025-yilning ilk uch oyida sohalar kesimida eng yuqori oʻsish axborot va aloqa sohasida kuzatilib, oʻrtacha oylik ish haqi 14,81 million soʻmga yetdi. Bu davrda eng past ish haqi 3,62 million soʻm bilan sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida kuzatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring