Oʻzbekistonda noyabr oyida Kichik bolalarning taʼlimi va ularning tarbiyasi boʻyicha II Butunjahon konferensiyasi boʻlib oʻtadi

11:41 14 Iyul 2022 Siyosat
1186 0

Foto: Халқ сўзи

Maktabgacha taʼlim vaziri boshchiligidagi delegatsiya taʼlimni oʻzgartirish boʻyicha boʻlib oʻtayotgan dastlabki Sammit doirasida YUNESKO tomonidan «14—16-noyabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Kichik bolalarga taʼlim berish va ularni tarbiyalash boʻyicha II Butunjahon konferensiyasiga bagʻishlangan rasmiy ziyofat tashkil etildi.

Unda YUNESKO bosh direktori oʻrinbosari Stefani Janinni, “Lego foundation” jamgʻarmasi direktori Ann-Birgitte Albreksen, xalqaro tashkilotlar vakillari, 35 nafardan ortiq YUNESKOga aʼzo davlatlarning taʼlim vazirlari ishtirok etdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin, shuningdek, bosh boshqarma boshligʻi Shahnoza Mirziyoyeva ishtirokchilarga xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik koʻrilayotgani haqida maʼlumot berib, barchani Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan anjumanda bevosita ishtirok etishga taklif qildi.

YUNESKOga aʼzo davlatlar vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy oʻzgarishlarni yuqori baholadi va boʻlajak konferensiyada oʻz delegatsiyalarining ishtirok etishiga qiziqish bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?