Oʻzbekistonda mintaqa turizm xaritasini oʻzgartiradigan loyiha amalga oshirilmoqda
Oʻzbekistonda mintaqadagi turizm xaritasini oʻzgartiradigan ambitsiyali loyiha — MSA Resort amalga oshirilmoqda.
U ichki va xalqaro turizmni, shuningdek, qishloq xoʻjaligini rivojlantirishda muhim qadam boʻladi. Kompleksning qurilishi Toshkent viloyatining Parkent tumanida 2024-yilda boshlangan boʻlib, 2025-yilda yakunlanishi rejalashtirilgan. Loyiha doirasida taxminan 350 ta ish oʻrni yaratilishi kutilmoqda. Bu esa mintaqa iqtisodiy rivojiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
Yaqinda Toshkentda MSA Resort loyihasining taqdimoti oʻtkazildi.
Tashkilotchilarning qayd etishicha, MSA Resort bir nechta asosiy yoʻnalishlar — qishloq xoʻjaligi, gastro-, etno- va agro-turizm, shuningdek, yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan uzum va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zamonaviy ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan. Bu goʻzal joy oʻzbek madaniyatining, noyob tabiiy manzaralar va zamonaviy infratuzilmaning uygʻunlashgan markaziga aylanishi kutilmoqda.
— MSA Resort loyihasi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun koʻp funksiyali maydonlarni, shu jumladan, 1000 va undan ortiq kishini bir vaqtning oʻzida qabul qila oladigan open-air dam olish va koʻngilochar zonalarini, etnik uslubda bezatilgan yurt lagerini, mehmonxona, restoran va degustatsiya zalini oʻz ichiga oladi, — deydi MSA Resort asoschisi Miraxmedov Sanjar. — Kompleksning mehmonlari Markaziy Osiyodagi uzumchilik va vinochilik tarixidan xabardor boʻlishini, shuningdek, tarixiy-madaniy merosga bagʻishlangan markazni ziyorat qilishlari mumkin.
Loyiha yiliga taxminan 20 ming nafar sayyohni qabul qilishni moʻljallamoqda, bu esa uni mintaqadagi eng koʻp tashrif buyuriladigan komplekslardan biriga aylantiradi.
Dastlabki taxminlarga koʻra, import oʻrnini bosishdan iqtisodiy foyda yiliga taxminan 1 million dollarni tashkil etadi. Bu esa asosan MSA Family Winery vinozavodi faoliyati bilan bogʻliq boʻladi, chunki u Yevropaning eng yaxshi standartlariga mos ravishda mahsulotlar ishlab chiqaradi.
MSA Family Winery 2022-yildan boshlab Fransiyaning Bordo shahridagi vino muzeyida oʻzbek vinosini taqdim etib kelmoqda va nufuzli xalqaro musobaqalarda tan olingan. Xususan, 2023-yilda ushbu kompaniya Germaniyada tashkil etilgan Berliner Wine Trophy musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Ushbu musobaqa Jahon uzumchilik va vinochilik tashkiloti va Xalqaro enologlar ittifoqi tomonidan homiylik qilinadigan dunyodagi eng yirik xalqaro vino musobaqalaridan biridir. 2024-yilda esa MSA Family Winery Fransiyaning Lion shahrida boʻlib oʻtgan Concours International de Lyon xalqaro musobaqasida ikkita oltin medalni qoʻlga kiritdi va xalqaro mustaqil ekspertlarning fikriga koʻra, Oʻzbekistondagi eng yaxshi vino deb topildi. Bundan tashqari, kompaniya vakili Yekaterina Mokrova Oʻzbekistonda birinchi boʻlib oʻtkazilgan sommeliyerlar musobaqasida gʻalaba qozondi. Bu esa xodimlarning professionalizmi va oʻz ishiga boʻlgan sadoqatini hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning yuqori sifatini taʼkidlaydi.
MSA Resort kompleksi nafaqat muhim turizm obyekti, balki qishloq xoʻjaligi, vinochilik va madaniy almashuvni rivojlantirishda muhim qadam boʻladi. Yangi turistik obyekt Oʻzbekistonning dunyo miqyosidagi oʻrnini mustahkamlashga, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga hissa qoʻshadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring