Indoneziyadagi koʻchki qurbonlari soni 25 nafarga yetdi
Indoneziyaning Gʻarbiy Yava provinsiyasida yuz bergan koʻchki oqibatida halok boʻlganlar soni 25 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda TASS.
Indoneziya Milliy tabiiy ofatlarni boshqarish agentligi maʼlumotlariga koʻra, qidiruv-qutqaruv ishlari hozir ham davom etmoqda.
Ayni paytda 65 nafar inson bedarak yoʻqolganlar roʻyxatida qolmoqda.
Xabarda aytilishicha, kuchli yomgʻirlar, yer qatlamining beqarorligi hamda takroriy koʻchki xavfi sabab qidiruv ishlari bir necha bor vaqtincha toʻxtatilgan.
Eslatib oʻtamiz, 24-yanvar kuni koʻchki Gʻarbiy Bandung okrugida joylashgan Pasir Langu aholi punktini qoplab olgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring