O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi eng yirik mavzuiy park barpo etiladi

Dunyodagi eng yirik usti yopiq park – Xitoydagi “Chimelong”ni, Janubiy Koreyadagi “Universal Studios” va “Lotte World”, kabi mashhur parklarni loyihalashtirgan Amerika kompaniyasi Oʻzbekistonda Markaziy Osiyodagi eng yirik mavzuiy park qurish ustida ishlamoqda. Рark joylashadigan hudud hozircha aniq belgilanmagan. Investitsiyalar 200 mln AQSh dollaridan ko‘proqni tashkil qiladi.
Yangi park “The Grand Serai” nomini oladi. Noyob majmua tarkibiga bir vaqtda bir qancha xalqaro toifadagi obyektlar – mavsum tanlamas akvapark, attraksionlar parki, mehmonxona, savdo galereyasi, restoranlar va fudkortlar, rekreatsion plyaj hududi kiradi. Majmua maydoni 28 gektarni tashkil qiladi, shundan 20 gektarini akvapark egallaydi.
Maxsus “The Grand Serai” parki uchun Amerikaning “Legacy Entertainment” kompaniyasi 20 dan ortiq noyob va hayratlanarli attraksionlarni ishlab chiqdi. Ular dunyoda birinchi marta 3D mapping innovatsion texnologiyalari qo‘llaniladigan tungi teatrlashtirilgan akrobatik shouning uzviy elementi bo‘ladi. Proeksiyaviy mapping obyekt geometriyasini “o‘qish” imkonini beradi va uni “jonlantiradi”, bu bilan ajoyib illyuziyalar va harakatdagi pefromanslar yaratadi. “The Grand Serai” uchun shou ishlab chiqish “Dyu Soley” sirki mutaxassislarini jalb qolgan holda amalga oshirilmoqda.
Park arxitektura konsepsiyasi O‘zbekiston tarixi va an'analari asosida qurilgan. Loyihani amalga oshirish bilan “Akfa Group” kompaniyalar guruhi “Way II” investitsion boshqaruv kompaniyasi bilan hamkorlikda shug‘ullanmoqda.
Tashkilotchilarning bildirishlaricha, “The Grand Serai” shaharning tashrif qog‘oziga aylanadi. Hozirda loyiha manzilni tanlash bosqichida turibdi.
O‘zbekistondagi ilk xalqaro darajadagi ko‘ngilochar park qanday bo‘lishini bu yerda tomosha qilish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring