Oʻzbekistonda Marburg virusi xavfi sabab nazorat kuchaytirildi

Illyustrativ foto
Oʻzbekistonda marburg virusi isitmasini oldini olish va uning ehtiyot choralari kuchaytirilmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, Oʻzbekistonda bu kasallik boʻyicha “jiddiy xavotirga oʻrin yoʻq”. Shunday boʻlsa ham davlat chegarasini kesib oʻtish joylarida faoliyat yuritayotgan sanitariya nazorat punktlarining (SNP) hushyorligi oshirilgan.
Xususan, marburg isitmasi bilan kasallanishni oldini olish maqsadida:
- gemorragik isitma kasalligiga gumon qilingan bemorlarni oʻz vaqtida aniqlab, izolyatorlarga alohidalash;
- gumon qilingan bemorlar bilan muloqotda boʻlgan tibbiyot xodimlari tomonidan standart ehtiyot choralarini koʻrish, qoʻshimcha ravishda infeksiyani yuqtirishini oldini olishga qaratilgan shaxsiy himoya vositalaridan toʻliq foydalanish;
- gumon qilingan bemorlarning qoniga tegmaslik, bemor ajratgan tana suyuqliklari, shuningdek ular bilan ifloslangan yuzalar bilan muloqotda boʻlmaslik;
- kasallikning etiologiyasi, klinikasi, laborator tashxisi va kasallikni oldini olish va profilaktikasi boʻyicha tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish;
- kasallikni nazorat qilishda xavfsiz inyeksiya usullarini qoʻllash, shaxsiy himoya vositalaridan toʻgʻri foydalanish, qayta ishlatilayotgan tibbiy asboblarni zararsizlantirish va chiqindilarini xavfsiz yoʻq qilish.
- infeksiya boʻyicha aholini xabardorligini oshirish maqsadida ular orasida tushuntirish va targʻibot ishlarini amalga oshirish kabi choralari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, joriy yilning 29-sentyabr kuni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Afrika qitʼasidagi Ruanda davlatida Marburg gemorragik isitmasi qayd etilganini maʼlum qilgan. 28-sentyabr holatiga koʻra, Ruandaning 30 ta okrugining yettitasida jami 26 ta tasdiqlangan holat roʻyxatga olingan va shundan 6 ta holatda oʻlim qayd etilgan.
JSST ushbu epidemiya xavfini milliy darajada juda yuqori, mintaqaviy darajada yuqori va butun dunyo darajasida past deb baholamoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring