Oʻzbekistonda koʻp oʻlchovli kambagʻallik boʻyicha global muloqot boʻlib oʻtadi

00:15 27 Avgust 2024 Iqtisodiyot
123 0

Oʻzbekistonda 27—29-avgust kunlari 60 dan ortiq mamlakatlardan kelgan mutaxassislar kambagʻallik muammosining murakkab jihatlarini muhokama qilish uchun yigʻiladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistonda kambagʻallik muammosining jiddiyligi va uni hal etishda erishilgan yutuqlardan kelib chiqib, 27—28-avgust kunlari Toshkentda va 29-avgust kuni Samarqandda Koʻp oʻlchovli kambagʻallik masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlik tarmogʻining 9-yillik yuqori darajadagi anjumanini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingani bejiz emas.

Yuqori darajadagi tadbirda jahon yetakchilari, siyosatchi va iqtisodchilar, yetakchi olim va mutaxassislar ishtirok etadi. Tadbir Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR) tomonidan BMTTD va Oksford kambagʻallikka qarshi kurashish va inson kapitalini rivojlantirish tashabbusi (OPHI) ishtirokida tashkil etildi.

Oʻzbekiston kambagʻallikka qarshi kurashning muhim masalalarini muhokama qilish uchun dunyoning yetakchi ekspertlari va yetakchilarini birlashtiradigan maydonga aylanadi. Muhokamalar global miqyosda kambagʻallikka qarshi kurash strategiyalarini takomillashtirish boʻyicha tajriba va natijalarni almashishga qaratilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер