Oʻzbekistonda kiyim ishlab chiqarish hajmi salkam 50 foizga ortdi

10:11 11 Fevral 2025 Jamiyat
207 0

2024-yil davomida Oʻzbekistonda barcha materiallar, jumladan, teri, toʻqimachilik gazlamalari va trikotaj gazlamalardan jami 33,8 trillion soʻmlik kiyim-kechak va aksessuarlar ishlab chiqarildi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, 2020-yilda kiyim ishlab chiqarish hajmi 10,4 trillion soʻmni tashkil etgan boʻlsa, 2021-yilda mazkur koʻrsatkich 13,6 trillion, 2022-yilda 17,3 trillion, 2023-yilda esa 23,1 trillion soʻmga yetgan. 2024-yilda sohada 46 foizga oʻsish kuzatilib, 33,8 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi. Bu rekord darajadagi oʻsishdir.

Ishlab chiqarilgan kiyimlar orasida erkaklar, ayollar va bolalar uchun moʻljallangan turli ustki va ichki kiyimlar, sport kiyimlari hamda kundalik va ish kiyimlari mavjud.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер