Oʻzbekistonda Xitoy tajribasi asosida turizm industriyasi holatini onlayn monitoring qilish va baholash platformasi yaratiladi
Oʻzbekiston turizm qoʻmitasi raisi Umid Shodiyev Pekin shahrida Xitoy Turizm va madaniyat akademiyasi rahbari Lina Chjun bilan uchrashdi.
Turizm qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, uchrashuv chogʻida Akademiya tomonidan yaratilgan “Tourism Big Data Platform” dasturi bilan tanishildi. Xitoyning turizm industriyasi holatini onlayn monitoring qilish va baholash imkonini beradigan ushbu raqamli platforma 300 dan ortiq koʻrsatgichlar va 140 ta indeksni oʻzida aks ettirgan.
Muzokaralar yakuni boʻyicha hamkorlikda Oʻzbekistonda shu kabi platformani yaratish hamda unga kerakli maʼlumotlar bazasini shakllantirish boʻyicha tajriba almashishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring