Oʻzbekistonda Xitoy sarmoyadorlarining taʼsiri oshib ketmoqda
Oʻzbekistonda xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni ortishda davom etmoqda. Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yil 1-fevral holatiga mamlakatimizda 15 ming 163 ta chet el kapitali ishtirokidagi kompaniya faoliyat yuritmoqda. Bu esa Oʻzbekiston iqtisodiyoti xalqaro hamkorlik doirasida jadal rivojlanib borayotganini koʻrsatadi.
Xorijiy sarmoya kiritgan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda. Ushbu mamlakat sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan korxonalar soni 3 ming 467 taga yetdi. Rossiya sarmoyadorlar esa 2 ming 973 ta shirkatda hissador boʻlgan. Shuningdek, Turkiya (1 ming 869 ta), Qozogʻiston (1 ming 060 ta), Janubiy Koreya (660 ta) va AQSH (303 ta) ham Oʻzbekistonda yirik sarmoyadorlar qatorida qolmoqda.
Xitoy sarmoyasi va korxonalarining ortib borishi, tabiiyki, iqtisodiy hamkorlikning chuqurlashib borayotganidan darak beradi. Shunga qaramasdan, jahondagi baʼzi misollar shuni koʻrsatadiki, chet el sarmoyasining haddan tashqari koʻpayishi muayyan xavflarni ham keltirib chiqarishi mumkin.
Masalan, Afrika davlatlarida Xitoy kompaniyalarining ustunligi mahalliy korxonalar raqobatbardoshligini pasaytirgan, baʼzi hollarda esa bu mamlakatlarning iqtisodiy qarz yukini oshirgan. Xuddi shunday holat Yevropaning ayrim davlatlarida ham kuzatilgan boʻlib, strategik tarmoqlarda chet el taʼsirining ortishi muayyan muammolarni keltirib chiqargan.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda xitoylik fuqarolarning Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi Milliy bogʻda bannerlar bilan toʻplanib, “miting” qilayotganliklari haqida xabarlar tarqalgan. Keyinchalik IIV matbuot xizmati “Bizning ham idora va tashkilotlar oʻrnak olsa arziydigan tadbir ekanligini eʼtirof etamiz” deb izoh qoldirgan. Tashkilot ushbu holat “Huawei” kompaniyasining ishchilari doimgidek shanba va yakshanba kunlari yugurish aksiyasi ekanligini bildirgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring