Oʻzbekistonda karate sportida birmuncha orqaga ketish holati kuzatildi. Haqiqat tan olindi, rejalar qanday?

Milliy matbuot markazida “Karate sportini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Tadbir Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasi tomonidan tashkil qilindi.
Unda Federatsiya prezidenti Nurxon Nafasov, soha mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Bugungi kunda Federatsiya Jahon karate federatsiyasi va Osiyo karate federatsiyasining toʻlaqonli aʼzosi hisoblanadi.
Ammo maʼlum muddat Oʻzbekistonda karate sportida birmuncha orqaga ketish holati kuzatildi. Misol uchun, 2018-yildan 2020-yil aprelgacha oʻtkazilgan musobaqalarning 3 tasida Oʻzbekiston ishtirok etmagan. Oxirgi 7 ta musobaqada esa birorta medal qoʻlga kiritilmagan va hech qanday natijaga erishilmagan. Mutasaddilar ushbu holatni ochiq tan olishdi.
Shuningdek, xalqaro reyting musobaqalarida qayd etilgan natijalar ham maqtagulik emas. Masalan, qoʻshni Qozogʻistonda 1 vaznning oʻzida Olimpiada uchun talabgorlar reytingida 5 kishi kurashadi. Oʻzbekistondan esa 2 ta vazn uchun 1 kishi talabgor boʻlib kelgan. Umumiy talabgorlar 6 nafar, xolos. Sportchilar zaxirasi umuman shakllantirilmagan.
Ayni paytda bu yoʻnalishda jiddiy oʻzgarishlarni amalga oshirish koʻzda tutilyapti.
Oʻzbekistonda Premyer-liga musobaqasini yuqori saviyada tashkil qilish, respublika musobaqalarini yangi tizimga oʻtkazish, terma jamoani shakllantirishda seleksiyaga jiddiy eʼtibor berish, yoshlar oʻrtasida “Toshkent — 2025” Osiyo oʻyinlari taqvimiga karate sport turini ham kiritish rejalashtirilgani shular jumlasidandir.
Ushbu ishlarni amalga oshirishda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi bilan hamkorlikda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Oʻz navbatida 2021 — 2023-yillar davomida Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasining Bazasini yaratish eng muhim rejalardan biri hisoblanadi. Bundan koʻzlangan maqsad jahon standartlariga javob beradigan va karate federatsiyasining normal funksional faoliyati, terma jamoa va karate sportini rivojlantirishga koʻp yillar xizmat qiladigan sifatli manba yaratishdir.
Tadbir yakunida jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Hasan PAYDOYEV
("Xalq so'zi") olgan suratlar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring