Oʻzbekistonda ishbilarmonlik indeksi yillik 14,3 foizga oshdi
Illyustrativ foto
Oʻzbekistonda ishbilarmonlik indeksi oʻtgan yilga qaraganda 14,3 foizga koʻtarildi. Bu haqda “Reviewuz” xabar qildi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2025-yil iyul oyida 1159 birlikni tashkil etib, oʻtgan oyga nisbatan 15,9 foizga yuqorilagan. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan esa 14,3 foizga ortgan.
Ushbu indeks quyidagilarga bogʻliq:
1. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisob-varaqalaridagi operatsiyalar soni 3 foizga ortgan;
2. Tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 33,2 foizga oshgan;
3. Tovar belgilari boʻyicha komponent 51 foizga ortgan.
2025-yil iyul oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 11 ta hududda oʻtgan oyga nisbatan oʻsishi kuzatilib, Buxoro (47,9 %), Surxondaryo (42,8 %), Namangan (35,4 %) va Samarqand viloyatlarida (33,8 %) bu daraja sezilarli yuqorilagan.
Avvalroq Oʻzbekistonda yil boshidan soliq huquqbuzarliklari haqida 63 mingdan ortiq murojaat kelib tushgani toʻgʻrisida xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring