Oʻzbekistonda internet boshqa davlatlarga nisbatan qimmatmi?

18:38 16 Dekabr 2019 Jamiyat
2188 0

Bundan bor-yoʻgʻi 20 yil oldin dunyo aholisining 4,1 foizigina internetdan foydalanish imkoniyatiga ega edi. 2019-yilga kelib global tarmoqdan foydalanuvchilar soni 4,5 mlrd.dan oshib ketdi. Bu bashariyatning 58,8 foizi deganidir.

Internetning hayotimizda muhim rol oʻynashi BMT tomonidan ham alohida taʼkidlab kelinadi. Ushbu tashkilot tomonidan internetdan foydalanish insonning asosiy huquqlaridan biri sifatida eʼtirof etilgan rezolyutsiya qabul qilingani, oʻziga aʼzo davlatlarni raqamli notenglikka qarshi kurashishga mudom chaqirib kelayotgani buning yorqin tasdigʻidir.

Xoʻsh, bugungi kunda internetdan foydalanish byudjet uchun qanchaga tushmoqda? Eng arzon veb-sayohatni qayerda amalga oshirish mumkin? Supertezlikka ega internet qaysi mamlakatda? Rostdan ham, Markaziy Osiyoda internet qimmatmi?

Picodi.com tadqiqot manbasi tahlilchilari dunyoning 62 ta davlatida uy xoʻjaligi uchun optik tolali chegarasiz internet yetkazib beruvchi 233 ta eng yirik provayder, ular belgilagan narxlarni oʻrganib chiqdi va yuqorida savollarga javob qaytardi.

100 Mbit/s hammaga yetishi kerak

Internetdan qulay foydalanish bir nechta omillarga bogʻliq. Tarifning nominal tezligi, tarmoqqa ulanish texnologiyasi, simsiz signalga xalaqit beradigan holatlar, tarmoqning yuklanganligi, shuningdek, koʻrilayotgan veb-saytning sifati va uning servergacha boʻlgan masofasi shular jumlasidandir.

Speedtest.net platformasi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda simli internetning oʻrtacha tezligi 70 Mbit/s(2019-yil dekabr holatiga)ni tashkil etgan.

Oʻz navbatida tadqiq etilgan mamlakatlarning aksariyatida, toʻgʻrirogʻi 62 tadan 55 tasida eng koʻp taklif qilinadigan tezlik bu 100 Mbit/s.ga teng ekan. Internetga ulanishning bunday surʼati bir nechta qurilmada bir vaqtning oʻzida saytlarni erkin koʻrib chiqish va striming servislaridan 4 K(UHD), yaʼni eng yaxshi sifatda foydalanish imkonini beradi.

Ammo Polsha, Ruminiya, Fransiya, Singapur kabi qator davlatlardagi yirik internet-provayderlari bunday past tezlikni taqdim etishni oʻzlariga ham, mijozlariga ham ravo koʻrishmaydi.

Masalan, Polsha va Ruminiyada bu boradagi eng kam tarif 150 Mbit/s.ga, Fransiyada 200 Mbit/s.ga, Singapurda esa 500 Mbit/s.ga teng.

Tojikiston, Turkmaniston va Vyetnamda esa 100 Mbit/s. hamon keng tarqalmagan.

Oʻrganilgan mamlakatlarda 100 Mbit/s. tezlik uchun eng koʻp toʻlov JARda amalga oshirilar ekan — bir oyga oʻrtacha 87 AQSH dollari. Islandiya va Norvegiya aholisi esa xuddi shunday tezlik uchun 69 dollar toʻlaydi.

Sharqiy Yevropaning baʼzi mamlakatlarida foydalanuvchilar 100 Mbit/s. tezlik uchun eng kam pul toʻlar ekan. Chunonchi, oyiga Moldovada 9,66 dollar, Rossiyada 7,68 dollar, Ukrainada 6,19 dollar.

Oʻzbekiston va Qirgʻizistonda bunday tezlikka ulanish uchun oyiga mos ravishda 51,22 dollar va 34,13 dollar beriladi. Qozogʻistonda esa buning uchun 11,21 dollar toʻlanishi maʼlum boʻlgan.

Internet uchun oyiga 20 dollar

Xoʻsh, tadqiqotga koʻra, qanday turdagi internet uchun oyiga 20 dollar toʻlanadi?

62 davlatdan 25 tasi bu roʻyxatdan joy olmagan. Masalan, Avstraliya, Braziliya, Germaniya, Shveysariya, Chili, Italiya, Portugaliya, AQSH va JARda optik tolali cheksiz internetga ulanish 20 dollardan qimmatga tushadi. Bir oyga narxi boʻyicha 1 Gbit/s. yuqori tezlikdagi internetni Ruminiya, Ukraina, Vengriya, Hindiston, Moldova va Latviyadan topish mumkin.

Rossiyada bu narxga 890 Mbit/s., Qirgʻizistonda 40 Mbit/s., Oʻzbekistonda 20 Mbit/s., Tojikistonda esa 1 Mbit/s. tezlikdagi internet xarid qilish mumkin.

Kosmik tezlik

Nazariyaga koʻra, 1Gbit/s. tezlikdagi ulanishda 1 Gb. hajmli faylni 8 soniyada yuklab olish mumkin. Koʻplab davlatlarda bu taklif etiladigan maksimal opsiya hisoblanadi. Tadqiqot mualliflari bunday tezlik kerakmi yoki yoʻqmi degan savolga aniqlik kiritishmagan. Ular faqat gigabaytli internetni qaysi davlatlar foydalanuvchilari ishlatishi mumkinligini va buning narxlarini tekshirib chiqishdi. Aniqlanishicha, 1 Gbit/s. tezlikka ega internet koʻplab davlatlarda hasham belgisi hisoblanadi.

44 mamlakatdan 24 tasida provayderlar shu kabi tarifni taklif etishmoqda. Uning bir oylik toʻlovi 50 dollardan ziyod turadi. Bu borada eng qimmat ulanish Avstriya va Avstraliyada(mos ravishda 220 dollar va 231 dollar)da ekan.

Oʻz navbatida eng arzon yuqori tezlikdagi internet Ruminiya hissasiga toʻgʻri keladi — oyiga 8,84 dollar. Markaziy Osiyodagi yirik provayderlar esa hozirgi paytda 1 Gbit/s. tezlikdagi internetni taklif etishmayapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер