Oʻzbekistonda ilk bor MDH Parlamentlararo Assambleyasining sessiyasi boʻlib oʻtadi
Foto: Illustrativ foto
Joriy yilning 27-28-oktyabr kunlari Samarqandda shahrida ilk bor MDH Parlamentlararo Assambleyasining sessiyasi boʻlib oʻtadi. Yuzma-yuz shaklda oʻtkaziladigan tadbirlarda MDH PA ishtirokchi davlatlari parlamentlari delegatsiyalari rahbarlari va aʼzolari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari, olim va ekspertlar ishtirok etadi.
27-oktyabr kuni Assambleyaning madaniyat, axborot, turizm va sport boʻyicha, agrar siyosat, tabiiy resurslar va ekologiya boʻyicha hamda siyosiy masalalar va xalqaro hamkorlik boʻyicha doimiy komissiyalarining majlislari boʻlib oʻtadi.
Shu kunning oʻzida Hamdoʻstlik mamlakatlari parlamentlarining yosh aʼzolari MDH ishtirokchi davlatlari Yoshlar parlamentlararo assambleyasi majlisiga yigʻiladi.
27-oktyabr kuni MDH PA Kengashining majlisi boʻlib oʻtadi. Parlament delegatsiyalari rahbarlari hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qiladi, 2022-yilda oʻtkazilgan tadbirlar yakunlarini sarhisob qiladi, MDH makonidagi saylov kampaniyalari monitoringi toʻgʻrisidagi axborotni eshitadi.
28-oktyabr kuni MDH PAning 54-yalpi majlisi boʻlib oʻtadi. Parlament aʼzolari saylov mavzusidagi koʻplab namunaviy qonunlarni koʻrib chiqishi rejalashtirilgan. Shuningdek, deputatlar va senatorlarga bir qator boshqa qonun loyihalari ham taqdim etiladi, ulardan keyinchalik Hamdoʻstlik mamlakatlarining milliy qonunchiligida foydalanish mumkin.
Sessiyaning asosiy tadbirlari arafasida 25-oktyabr kuni MDH ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo Assambleyasi va Aloqa sohasidagi mintaqaviy hamdoʻstlik Ekspertlar kengashining majlisi boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring