Oʻzbekistonda ilk bor krevetkani sanoat usulida yetishtirish loyihasi tasdiqlandi
Janubiy Koreya davlati bilan Oʻzbekistonda ilk bor krevetkani sanoat usulida yetishtirish loyihasi amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Bu haqida AOKAda “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi rahbariyati ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilingan.
Xususan, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi baliqchilik sohasi rivojlangan xorijiy davlatlar bilan yaqindan hamkorlik aloqalari oʻrnatilib, respublikamizda baliqchilik sohasini rivojlantirish boʻyicha bir qator loyihalarni taklif etmoqda.
1) Vengriya bilan mavjud baliqlar naslini yangilash va yangi baliq turlarini iqlimlashtirishga ixtisoslashgan “Naslchilik markazi”ni tashkil etish;
2) Xitoy davlati bilan “Qizil kitob”ga kiritilgan baliq turlarining populyatsiyasini tiklash;
3) Baliqlar uchun yem ishlab chiqarish yoʻnalishi boʻyicha jahondagi yetakchi yem ishlab chiqarish kompaniyalarining filiallarini respublikamizda barpo etish masalasi yuzasidan Niderlandiya hamda Eron davlatlari bilan hamkorliklar yoʻlga qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring