Oʻzbekistonda ham yonida haydovchilik guvohnomasi va texpasportni olib yurmaganlik uchun jarimani bekor qilish vaqti kelgan — deputat
Qozogʻistonda haydovchilarga yonida haydovchilik guvohnomasi va texpasportini olib yurmaganlik uchun jarima bekor qilinmoqda ekan.
Deputat R.Kusherbayev bu haqida shunday deb yozadi:
"Bu haqdagi qonun loyihasini Parlament maʼqullabdi.
Ushbu qonun kuchga kirgandan keyin haydovchilar shunchaki shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan yursa kifoya, uning haydovchilik guvohnomasi bor yoki yoʻqligi, mashinaning texnik koʻrikdan oʻtgan yoki oʻtmaganligi yoʻl patrul inspektori tomonidan onlayn tekshiriladi. Natijada baʼzi sabablarga koʻra guvohnomasini uyda unutib qoldirgan haydovchilar yoʻq joydan jarima toʻlashdan qutiladi.
Ushbu qonun loyihasi Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Joʻmart Toqayev tashabbusi asosida ishlab chiqilgan.
Oʻzbekistonda ham shunday tartibni joriy etish vaqti kelgan va bunga toʻla imkoniyatlarimiz yetadi.
Bu tartibga oʻtishni tez kunlarda amalga oshirishga kirishamiz. Ishqilib har xil bahonalar bilan qarshiliklar boʻlmasin-da".
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring