O‘zbekistonda genomika va bioinformatika: ilmiy tadqiqotlar va yangi imkoniyatlar
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Genomika va bioinformatika markazi zamonaviy ilmiy izlanishlar va ularni amaliyotga tatbiq etish bilan shug‘ullanadi. Markaz qishloq xo‘jaligi o‘simliklari genomlarini o‘rganish, xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan genlarni tahlil qilish va yangi innovasion usullarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Muassasa tomonidan g‘o‘za, bug‘doy, soya, sholi, anor va uzum navlari uchun gen muhandisligi va genom texnologiyalari qo‘llanib, kasalliklar va stress omillariga chidamli yangi navlar yaratish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Shuningdek, gen va hujayra muhandisligi, markerlarga asoslangan seleksiya, genom va virtual seleksiya dasturlari ishlab chiqilmoqda.

Markaz tarkibida 6 ta laboratoriya, Personallashtirilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘rganish bo‘limi, shuningdek, genetik o‘zgartirilgan organizmlar va ularning mahsulotlarini test qilishga ixtisoslashgan Milliy muvofiqlashtirish markazi faoliyat yuritadi.

Shuningdek, Toshkent viloyatida joylashgan maxsus urug‘chilik xo‘jaligi, issiqxona, fitotron hamda noyob germaplazma ob’yektlari Markaz ilmiy tadqiqotlarining muhim tarkibiy qismidir. Ushbu muassasa O‘zbekistonda biotexnologiya va qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqda.















Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring