Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan korxonalar soni boʻyicha maʼlumot berildi

14:29 15 Oktyabr 2025 Jamiyat
230 0

2025-yilning 1-oktyabr holatiga Oʻzbekistonda 460,3 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichga ega 5 viloyat quyidagicha taqsimlangan:

  • Toshkent shahri – 105 ming 593 ta;
  • Toshkent viloyati – 44 ming 620 ta;
  • Samarqand viloyati – 39 ming 539 ta;
  • Fargʻona viloyati – 36 ming 977 ta;
  • Qashqadaryo viloyati – 29 ming 534 ta.

Shundan 390,3 mingtasi yoki 84,8 foizini kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?