Oʻzbekistonda eng arzon palovni qayerda tayyorlash mumkin?
Illyustrativ foto
Milliy statistika qoʻmitasi 2025-yilning iyul oyi holatiga koʻra 1 kilogramm palov tayyorlash uchun zarur boʻlgan mahsulotlar qiymatini hududlar kesimida maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu miqdordagi palovni pishirish uchun eng kam xarajat qilinadigan hudud Qoraqalpogʻiston (98 728 soʻm) boʻlsa, eng qimmati Toshkent shahridir (117 694 soʻm).
Quyida mazkur narxlar hududlar kesimida:
Qoraqalpogʻiston R. – 98 728 soʻm;
Andijon viloyati – 105 602 soʻm;
Buxoro viloyati – 108 499 soʻm;
Jizzax viloyati – 110 184 soʻm;
Qashqadaryo viloyati – 111 700 soʻm;
Navoiy viloyati – 110 044 soʻm;
Namangan viloyati – 109 119 soʻm;
Samarqand viloyati – 113 470 soʻm;
Surxondaryo viloyati – 111 276 soʻm;
Sirdaryo viloyati – 105 751 soʻm;
Toshkent viloyati – 113 678 soʻm;
Fargʻona viloyati – 115 034 soʻm;
Xorazm viloyati – 106 585 soʻm;
Toshkent shahri – 117 694 soʻm.
Bir kilogramm palov uchun kerakli mahsulotlar:
kungaboqar yogʻi – 0,3 l;
piyoz – 300 gr;
mol goʻshti – 700 gr;
sabzi – 1 kg;
guruch – 1 kg;
noʻxat – 100 gr;
zira – 10 gr;
osh tuzi – 20 gr.
Taʼkidlash joiz, yuqoridagi raqamlar hududlarda sotilayotgan bir kilogramm palovning narxiga toʻgʻri kelmaydi. Ularda palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qoʻshib hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring